Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi bölim boşliği professorlik unvoniga sazovor böldi

13.03.2026262

Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi bölim boşliği professorlik unvoniga sazovor böldi

 Köp yillardan buyon oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida samarali faoliyat olib borayotgan olima, köp yillik tajribaga ega ustoz Muhabbat Mirsoliyeva Özbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tavsiyasiga köra professor ilmiy unvoniga ega böldi. Uşbu yuksak unvon uning ilm-fan rivojiga qöşgan munosib hissasi, köp yillik ilmiy-pedagogik faoliyati hamda yoş kadrlarni tayyorlaşdagi samarali mehnatining e’tirofi sifatida taqdim etildi.
Professor uzoq yillar davomida ilmiy tadqiqotlar olib borib, ilm-fan sohasida salmoqli natijalarga erişib kelmoqda. U köplab ilmiy maqolalar, ilmiy-uslubiy qöllanmalar va tadqiqot işlari muallifi hisoblanadi. Şuningdek, yoş olimlar va talabalarning ilmiy salohiyatini rivojlantirişda ham faol iştirok etib kelmoqda.

         
   
Uşbu  unvonining berilişi nafaqat olimaning şaxsiy yutuği, balki ilmiy jamoa va ta’lim tizimi uçun ham muhim voqea hisoblanadi. Bu e’tirof ilm-fan rivojiga xizmat qilayotgan fidoyi olimlarning mehnati yuqori baholanayotganidan dalolat beradi.
  
Professor Muhabbat Mirsoliyevaga kelgusidagi ilmiy va pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.