Samarqand davlat universitetida “Rahbar va yoşlar” uçraşuvi ötkazildi.

Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi direktori Abdumalik Akramov iştirokida Samarqand davlat universitetining faol talabalari bilan “Rahbar va yoşlar” uçraşuvi taşkil etildi.
Uçraşuv davomida mamlakatimizda yoşlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ijtimoiy-siyosiy sohadagi islohotlar hamda yoşlar siyosatining ustuvor yönalişlari haqida ma’lumot berildi. Şuningdek, Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan yil davomida respublika miqyosida ötkazilayotgan 20 dan ortiq tanlovlar, jumladan “Yilning eng faol talabasi”, “Yurtim qadriyatlari”, “Kitobxon yoşlar ligasi” tanlovlar hamda markaz faoliyati haqida batafsil tuşuntirişlar berildi. Har bir tanlovning maqsadi, iştirok etiş tartibi, talabalarga beriladigan imkoniyatlar va yutuqlar haqida alohida töxtalib ötildi.

Uçraşuvdan söng mehmonlar Samarqand davlat universiteti qoşidagi Zoologiya muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanişib, muzeyda saqlanayotgan noyob hayvonot olamiga oid eksponatlar, biologik xilma-xillikni örganişga xizmat qiluvçi kolleksiyalar bilan yaqindan tanişdilar.