Qoraqalpoğistonda “Talabalar bahori” festivali bölib ötmoqda!

Ayni kunlarda oliy ta’lim taşkilotlari talabalari örtasida Qoraqalpoğiston Respublikasida “Talabalar bahori” festivali ötkazilmoqda. Festivalga respublikamizning barça hududlaridagi oliy ta’lim taşkilotlaridan 250 ga yaqin faol talaba-yoşlar taşrif buyurgan.
Festivalning birinçi kunida talaba-yoşlar Möynoq tumaniga sayohat qilib, “Kemalar qabristoni”, Orol dengizi tarixi muzeyiga taşrif buyurdilar. Nukus şahridan 220 kilometr masofada joylaşgan uşbu manzilga sayohat unutilmas taassurotlar ulaşdi. Iştirokçilar sayohat orqali özida köp yillik tarixni saqlayotgan ulkan kemalarni tomoşa qilib, Orol dengizi tarixi bilan yaqindan tanişişdi.

Möynoq sayohatidan söng, Qoraqalpoq davlat universitetida “Sumalak sayli” taşkil etildi. Şuningdek, festival doirasida Nukusga taşrif buyurgan barça iştirokçilar örtasida “Zakovat Quiz” intellektual öyini ötkazildi. Unda 20 ga yaqin jamoalar özaro bellaşdi.

Bugun festival Nukus davlat pedagogika institutida “Mirzo Uluğbek vorislari” respublika maqolalar va inşolar tanlovining final bosqiçi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasidagi barça oliygohlarda Navröz sayllari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar bilan davom etmoqda.
