Nukus şahrida “Talabalar bahori” festivali kötarinki ruhda bölib ötdi!

06.04.2026129

Nukus şahrida “Talabalar bahori” festivali kötarinki ruhda bölib ötdi! 

 Qoraqalpoğiston Respublikasida Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi hamda hududdagi oliy ta’lim muassasalari hamkorligida taşkil etilgan “Talabalar bahori” festivali yuqori saviyada ötkazildi. Unda respublikamizning barça hududlaridan 250 dan ortiq faol talaba-yoşlar, mutasaddilar iştirok etişdi.

         

Festival doirasida Möynoq sayohati, “Sumalak sayli”, “Zakovat” intellektual öyini, madaniy dasturlar taşkil etildi. Qoraqalpoq davlat universitetidagi milliy ötovlar rostlari, körgazmalar taşkil etildi, milliy an‘ana va qadriyatlar bayramona muhitni yanada boyitdi.

🎓Yakuniy bayram tadbirida festival doirasidagi tadbir va tanlovlarda faol iştirok etgan, ğolib bölgan talabalar diplom va taşakkurnomalar hamda esdalik sovğalar bilan taqdirlandi. Taqdirlaşda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov iştirok etib, barçani bayram bilan tabriklab, ğoliblarni taqdirlaş marosimida iştirok etdi.