Vazir Pearson öquv dasturi asosida faoliyat yuritayotgan Nukus şahridagi 1-son texnikum faoliyati bilan tanişdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov Nukus şahridagi 1-son texnikumida bölib, öquv-işlab çiqariş ustaxonalari hamda taʼlim jarayoni bilan yaqindan tanişdi. Taşrif davomida zamonaviy laboratoriya va ustaxonalarda yaratilgan şaroitlar közdan keçirilib, öquv jarayonining amaliyot bilan uyğunligi alohida eʼtirof etildi.

Şuningdek, uçraşuvlarda amaliy könikmalarni rivojlantiriş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş va taʼlim dasturlarini mehnat bozori talablariga moslaştiriş masalalari muhokama qilindi. Texnikumda Pearson xalqaro taʼlim dasturlari asosida 5 ta mutaxassislik böyiça kadrlar tayyorlanayotgani qayd etildi.