ÖzLiDeP fraksiyasida oliy taʼlim tizimini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi

07.04.2026143

ÖzLiDeP fraksiyasida oliy taʼlim tizimini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi
 

6-aprel kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2026-yil 3-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vazirligining tizimini yanada takomillaştirişga qaratilgan takliflar taqdimoti  yuzasidan axboroti tinglandi.

Mazkur masala yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov axborot berdi. U öz çiqişida davlat rahbariga taqdim etilgan takliflar mazmun-mohiyati, ularning amaliy ahamiyati hamda tizimni tubdan yangilaşga qaratilgan asosiy yönalişlar haqida batafsil töxtaldi.

Sönggi yillarda oliy taʼlim qamrovini kengaytiriş, taʼlim sifati va ilmiy salohiyatni oşiriş, xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar qayd etildi. Şu bilan birga, ilm-fanni iqtisodiyot bilan uzviy boğlaş va taʼlim hamda tadqiqot integratsiyasini kuçaytiriş dolzarb vazifa ekani taʼkidlandi.