Fransiyada ötgan “Act In Space – 2026” xalqaro xakatonida özbekistonlik talabalar 2-örinni qölga kiritdi

08.04.2026140

Fransiyada ötgan “Act In Space – 2026” xalqaro xakatonida özbekistonlik talabalar 2-örinni qölga kiritdi

Uzcosmos agentligi tomonidan taşkil etilgan milliy bosqiçda ğolib bölgan Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti talabalaridan iborat NazarX jamoasi Fransiyaning Bordo şahrida ötkazilgan xalqaro final bosqiçida mamlakatimiz şarafini munosib himoya qildi. 

Mazkur nufuzli xakatonda dunyoning 23 davlatidan jami 391 ta jamoa iştirok etdi. Musobaqaning dastlabki bosqiçida jamoalar guruhlarga bölingan holda öz loyihalarini hakamlar hay’atiga taqdim etdilar. Özbekiston jamoasi öz guruhida Tayvan, Fransiya, Qozoğiston va Marokaş vakillari bilan bellaşib, yuqori natijalar qayd etdi hamda guruh ğolibi sifatida yarim finaldan muvaffaqiyatli ötdi.

Yarim final natijalariga köra, NazarX jamoasi öz guruhida yetakçilikni qölga kiritib, Grand final bosqiçiga yöl oldi. Finalda eng kuçli 5 ta jamoa iştirok etib, yakuniy natijalarga köra Özbekiston jamoasi faxrli 2-örinni egalladi.

Jamoa tomonidan işlab çiqilgan modulli sun’iy yöldoş loyihasi xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholanib, mamlakatimiz yoşlarining kosmik texnologiyalar, muhandislik va innovatsiyalar sohasidagi salohiyatini yaqqol namoyon etdi.

Uşbu natija bilan jamoa a’zolarini samimiy tabriklab, kelgusidagi faoliyatlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.