Oliy ta’lim taşkilotlarida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining saralaş bosqiçi ötkazildi

09.04.2026137

Oliy ta’lim taşkilotlarida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining saralaş bosqiçi ötkazildi

Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan talaba-yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, soğlom turmuş tarzini tarğib etiş hamda harbiy-amaliy sport turlarini ommalaştiriş maqsadida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi körik-tanlovi taşkil etilmoqda. Tanlovning ilk saralaş bosqiçi mart-aprel oylarida respublikamizning barça ta’lim taşkilotlarida ötkazildi va keyingi bosqiçlarda oliygoh şarafini himoya qiluvçi jamoalar aniqlab olindi. 

Eslatib ötamiz, tanlovning hududiy bosqiçlari aprel-may oylarida taşkil etiladi va yakuniy final bosqiçi iştirokçilari aniqlanadi. Final ğoliblari esa noutbuk, planşet va smart televizor kabi qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanadi.