“Kitobxon yoşlar ligasi” onlayn tanlovining 2026-yilgi 1-mavsumi final bosqiçi ötkazildi!

13.04.2026202

“Kitobxon yoşlar ligasi” onlayn tanlovining 2026-yilgi 1-mavsumi final bosqiçi ötkazildi!

Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan e’lon qilingan (https://t.me/yoshlareduuz/21080) “Kitobxon yoşlar ligasi” tanlovining final bahslari bölib ötdi. Unda har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va finalga ötgan iştirokçilar mazkur oliygohlarga taşrif buyurib, kuzatuvçi nazorati ostida final testlarini işladi. Markazlaşgan holda taşkil etilgan final bellaşuvida 1-bosqiçdan muvaffaqiyatli ötgan 145 nafar talaba-yoşlar iştirok etdi. Finalni Markaz direktori Abdumalik Akramov oçib berib, iştirokçilarga omad tiladi.

      

Finalda iştirokçilarga Şuhratning “Oltin zanglamas” hamda Marsel Brionning “Menkim, Sohibqiron – Jahongir Temur” kitoblari böyiça tuzilgan 50 tadan test savollari berildi. Har bir test uçun 40 soniyadan vaqt ajratildi.
Yakunda testlar böyiça eng köp ball töplagan iştirokçilar tanlov ğolibi deb topildi. Natijalar teng bölib qolgan holatda ğolib aniqlangunga qadar qöşimça savollar berildi.