TARIXIY ĞALABA! Javohir Sindarov — Nomzodlar turniri çempioni!

15.04.202630

TARIXIY ĞALABA!

Javohir Sindarov — Nomzodlar turniri çempioni!

Özbek sporti va jahon şaxmati tarixida yangi sahifa oçildi! Hamyurtimiz, Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti talabasi, iste’dodli grossmeysterimiz Javohir Sindarov nufuzli Nomzodlar turnirida muddatidan avval ÇEMPION degan nomga sazovor böldi!

Bugun u özining asosiy raqibi – niderlandiyalik Aniş Giri bilan murosasiz keçgan bahsda durang qayd etib, eng yaqin ta’qibçilari uçun yetib bölmas natijani kafolatladi.

Endigi marra – Jahon toji! Oldinda eng katta sinov: Javohir endi butunjahon şaxmat toji uçun amaldagi çempion Gukeş Dommaradjuga qarşi dona suradi.