“Talabalar teatr studiyalari” körik-festivalining 3-mintaqaviy yarim final bosqiçi bölib ötmoqda
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi, Madaniyat vazirligi hamda Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda taşkil etilayotgan “Talabalar teatr studiyalari” körik-festivalining 2026-yilgi uçinçi mintaqaviy yarim final bosqiçlari hududlar böylab ötkazilmoqda.
Ayni vaqtga qadar 3 ta guruh mintaqaviy yarim final bellaşuvlari bölib ötdi. Yakuniy natijalarga köra, quyidagi jamoalar finalda iştirokini davom ettiradi:
Mintaqaviy yarim final bosqiçi 1-guruhi bahslari Urganç davlat tibbiyot institutida bölib ötdi. Unda Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi ğolib böldi.
Samarqand davlat arxitektura-quriliş universiteti mezbonlik qilgan 2-guruh mintaqaviy yarim finalida Termiz davlat universiteti jamoasi ğolib topilib, keyingi bosqiç yöllanmasini qölga kiritdi.
3-guruhdagi jamoalar Samarqand davlat universitetida özaro bellaşdilar. Natijalarga köra, Ma’mun universiteti jamoasi ğolib topildi.
Eslatib ötamiz, mazkur körik-festivalning mintaqaviy yarim final bosqiçi 21-aprel sanasiga qadar davom etib, unda jami 23 ta oliy ta’lim taşkilotlarining talabalar teatr jamoalari özaro 6 guruhga bölingan holda bellaşadilar va ğoliblar final yöllanmasiga ega böladilar.



