Yoşlar bilan oçiq muloqot: vazir Namangan davlat texnika universiteti talabalari bilan uçraşdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov Yoşlar kuni munosabati bilan Namangan davlat texnika universitetida talaba-yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazdi. Uçraşuvda 230 nafardan ortiq talabalar iştirok etib, özlarini qiziqtirgan savollar, takliflar va taşabbuslar bilan bevosita vazirga yuzlandilar.
Muloqot davomida talabalar tomonidan ta’lim sifati, amaliyot bazalarini kengaytiriş, innovatsion loyihalarni qöllab-quvvatlaş hamda zamonaviy laboratoriyalarni rivojlantirişga oid qator masalalar kötarildi. Vazir har bir murojaatni alohida e’tibor bilan tinglab, sohadagi islohotlar doirasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.


