“Vazir kubogi” ğolibi aniqlandi: murosasiz final va taqdirlaş!
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimi xodimlari örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib etiş maqsadida sportning futbol turi böyiça ötkazilgan “Vazir kubogi” musobaqasi yuqori saviyada öz nihoyasiga yetdi.
Musobaqaning hal qiluvçi yarim final, uçinçi örin hamda final bahslari “Vazirlik-1”, “Raqamli taʼlim va sunʼiy intellektni rivojlantiriş markazi”, “Oliy ta’limni rivojlantiriş va global hamkorlik markazi” hamda “Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi” jamoalari örtasida keçdi.
Musobaqaning final bosqiçiga “Vazirlik-1” hamda “Oliy taʼlimni rivojlantiriş tadqiqotlari markazi” jamoalari yetib keldi. Murosasiz va qizğin ötgan bahsda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 1-jamoasi 2:1 hisobida ğalaba qozonib, musobaqaning mutlaq ğolibiga aylandi. “Oliy ta’limni rivojlantiriş va global hamkorlik markazi” jamoasi 2-örinni, “Raqamli taʼlim va sunʼiy intellektni rivojlantiriş markazi” jamoasi 3-örinni qölga kiritdi.
Turnir yakunida ğolib va sovrindorlarni taqdirlaş marosimi ötkazildi. Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov iştirok etib, jamoalarni körsatgan çiroyli va murosasiz öyinlari bilan qutladi. Musobaqada faollik körsatgan iştirokçilarga esdalik sovğalari, ğoliblarga diplom hamda qimmatbaho sovğalar topşirildi.



