Ta’lim va kasbiy tayyorgarlik – xavfsiz mehnat migratsiyasining asosiy şarti etib belgilanmoqda

20.04.202682

Ta’lim va kasbiy tayyorgarlik – xavfsiz mehnat migratsiyasining asosiy şarti etib belgilanmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyevga taşqi mehnat migratsiyasi bozori geografiyasini kengaytiriş va fuqarolarni yuqori daromadli iş örinlariga tayyorlaş çora-tadbirlari taqdimot qilindi. 

Unga köra, quyidagi taşabbuslar va yangiliklar ilgari surildi:

 “Kasb plyus til” loyihasi doirasida Germaniya, Koreya va Yaponiya kompaniyalari bilan hamkorlikdagi qöşma öquv loyihalari soni 20 taga, qamrovi esa 10 ming nafarga yetkaziladi;

 Maqsadli tayyorlaş markazi Toşkent şahrida 12 ta kasb va 7 ta tilga öqitadigan, 600 örinli kampusga ega zamonaviy majmua sifatida taşkil etiladi;

 Moliyaviy yengilliklar tizimi orqali çet tilini örganiş xarajatlarining 50 foizi, kasbiy malaka imtihoni xarajatlari esa töliq qoplab beriladi va mablağlar töğridan töğri fuqaroning öziga beriladi;

 Tibbiyot va quriliş yönalişlarida hamşiralarni xalqaro imtihonlarga tayyorlaydigan maxsus kurslar hamda işçi mutaxassislar malakasini baholaş markazlari faoliyati kengaytiriladi;

 Mavsumiy iş yönalişlari böyiça AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya kabi davlatlar bilan imzolangan yangi xalqaro bitimlar asosida agrar va turizm sektorlarida hamkorlik kuçaytiriladi;

 Raqamli yeçimlar doirasida “Xorijda iş” platformasiga sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etilib, iş beruvçilar va aholi uçun tezkor hamda qulay aloqa mexanizmlari yaratiladi;

 Huquqiy va ijtimoiy himoya çoralari kuçaytirilib, 37 ta davlatda yurtdoşlarimizning hayot tarzi doimiy monitoring qilinadi hamda ularga moddiy va huquqiy yordam körsatiş tizimi takomillaştiriladi;

 Migratsiya agentligi islohoti natijasida agentlik nafaqat taşqi migratsiya, balki içki mehnat bozorini ham sifatli kadrlar bilan ta’minlaydigan muhim böğinga aylanadi.

 Davlatimiz rahbari takliflarni ma’qullab, sohani raqamlaştiriş va fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş böyiça mas’ullarga aniq topşiriqlar berdi.