QVZ “Voha ligasi”ning final bosqiçi iştirokçilari aniqlandi!

22.04.202672

QVZ “Voha ligasi”ning final bosqiçi iştirokçilari aniqlandi!

Özbekiston quvnoqlar va zukkolar assotsatsiyasi oliy va professional ta’lim muassasalari talaba hamda öquvçi yoşlari örtasida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi “Voha ligasi” bahslarining yarim final bosqiçi joriy yilning 16-17-18 aprel kunlari Buxoro şahrida bölib ötdi. Unda oliy ta’lim muassasalaridan salaraş bosqiçlarida ğolib bölgan jamoalar iştirok etişdi. 

Yakunda quyidagi jamoalar final bosqiçi yöllanmasiga ega böldi:
Urganç Ranç texnologiya universitetining “Ranç” jamoasi;
Buxoro davlat pedagogika institutining “Buxorolik bolalar” jamoasi;
Buxoro davlat texnika universitetining “Yoş jentelmenlar” jamoasi
Termiz davlat universitetining “Surxon yoşlari” jamoasi;
Jizzax davlat pedagogika universitetining “Jizzaxlik jöralar” jamoasi;
Buxoro davlat universitetining “100% BuxDU” jamoasi;
“Navoiyazot” AJ ning “Kimyogarlar” jamoasi.

Final bellaşuvi joriy yil iyun oyida Termiz şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan. Finalda qatnaşadigan barça jamoalarga omad tilab qolamiz.