“Talabalar teatr studiyalari” körik-festivalining 3-mintaqaviy yarim final bosqiçi yakunlandi

23.04.202687

“Talabalar teatr studiyalari” körik-festivalining 3-mintaqaviy yarim final bosqiçi yakunlandi

Mazkur bosqiçda jami 23 ta oliy ta’lim taşkilotlarining talabalar teatr jamoalari özaro 6 guruhga bölingan holda bellaşdilar. Yakuniy natijalarga köra, finalda iştirok etadigan jamoalar aniqlandi.

Mintaqaviy yarim final bosqiçi 4-guruhi bahslari Samarqandda bölib ötdi. Unda Central Asian Medical University jamoasi ğolib böldi.

Qaşqadaryo viloyati musiqali drama teatrida ötkazilgan 5-guruh mintaqaviy yarim finalida Samarqand davlat universiteti  (https://t.me/samdu_yoshlari_YI/17515)jamoasi ğolib topilib, keyingi bosqiç yöllanmasini qölga kiritdi. 

6-guruhdagi jamoalar Andijon viloyati musiqali drama teatrida özaro bellaşdilar. Natijalarga köra, Çirçiq davlat universiteti jamoasi ğolib topildi. 

Eslatib ötamiz, mazkur körik-festivalning mintaqaviy yarim final bosqiçi 6 guruhi böyiça ğolib bölgan jamoalar finalda iştirok etadilar. Final ğoliblari quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-örin – BHMning 190 barobari;
2-örin – BHMning 140 barobari;
3-örin – BHMning 85 barobari;