“Vazir kubogi” ğoliblari aniqlandi: sport bayrami yangi iqtidorlarni kaşf etdi

24.04.2026102

“Vazir kubogi” ğoliblari aniqlandi: sport bayrami yangi iqtidorlarni kaşf etdi

Termiz davlat universiteti mezbonligida talaba-qizlar örtasida futbol böyiça ötkazilgan “Vazir kubogi” sport musobaqasi öz yakuniga yetdi. 

Respublikamizning 13 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari iştirok etgan uşbu turnir nafaqat ğoliblik uçun kuraş, balki çinakam döstlik va mahorat maydoniga aylandi.

Murosasiz keçgan bahslar natijasiga köra, şohsupadan quyidagi jamoalar joy oldi:

1-örin: Qarşi davlat universiteti (QarDU);
2-örin: Termiz davlat universiteti (TerDU);
3-örin: Termiz davlat pedagogika instituti (TerDPI).

Musobaqaning yakuniy qismi bayramona ruhda ötdi. Ğoliblarni Özbekiston talabalar assotsiatsiyasi raisi örinbosari Erkin Qodirov hamda TerDU rektori Abduqodir Toşqulov qutlab, ularga medallar, diplomlar va qimmatbaho esdalik sovğalarini topşirdilar.