Tyutorlar doim rivojlanişda!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan tyutorlar malakasini oşirişga qaratilgan navbatdagi öquv maşğulotlari taşkil etildi.
Öquv maşğulotlari davomida tyutorlik faoliyatini taşkil etişning normativ-huquqiy asoslari, tyutorning kasbiy kompetensiyalari va liderlik könikmalari, talaba-yoşlarning böş vaqtini samarali taşkil etiş, talabalar jamoasi psixologiyasi hamda ularning ijodiy-innovatsion faoliyatini yölga qöyiş masalalari körib çiqilmoqda. Şu bilan birga, talabalar örtasidagi muammoli vaziyatlarni boşqariş, ularga yeçim topiş könikmalarini rivojlantiriş hamda raqamli vositalardan samarali foydalaniş böyiça amaliy bilim va tajriba almaşilmoqda.
Maşğulotlar interaktiv tarzda taşkil etilib, iştirokçilar:
guruhlarda muhokama olib bormoqda,
öz tajribalarini ulaşmoqda,
yangi ğoya va taşabbuslar işlab çiqmoqda.
Bu jarayon tyutorlarning nafaqat bilimini oşiriş, balki ularning yetakçilik va kommunikativ könikmalarini ham rivojlantirişga xizmat qilmoqda.





