Buxoro davlat universiteti mezbonligida “Tömaris izdoşlari” viloyat bosqiçi bölib ötdi
Joriy yilning 24-aprel kuni Buxoro davlat universiteti Universal sport majmuasida oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlari örtasida “Tömaris izdoşlari” tanlovining viloyat bosqiçi yuqori saviyada taşkil etildi.
Mazkur tanlov xotin-qizlar örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib etiş, ularning jismoniy tayyorgarligi, ma’naviy-ruhiy salohiyatini oşiriş hamda jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini şakllantiriş maqsadida ötkazildi.
Tanlov davomida iştirokçilar quyidagi şartlar asosida bellaşdilar:
- Jamoani taniştiriş
-“Sport bilan hamnafasmiz” (100, 200, 300, 400 metrga yuguriş, estafeta, kamondan öq otiş, darts)
- Birinçi yordam körsatiş
- Velosiped bellaşuvi
Har bir şart davomida talaba-qizlar özlarining çaqqonligi, epçilligi, jamoaviy hamjihatligi, tezkor fikrlaşi, liderlik salohiyati hamda ma’naviy barkamolligini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga köra:
🥇 1-örin — Buxoro davlat universiteti
🥈 2-örin — Buxoro davlat pedagogika instituti hamda Buxoro davlat texnika universiteti
🥉 3-örin — Buxoro davlat tibbiyot instituti



