“Talabalar teatr studiyalari” festivalining final bosqiçi Andijonda ötkaziladi

🇺🇿 “Talabalar teatr studiyalari” körik-festivalining 2026-yilgi final bosqiçi 18-20-may kunlari amaldagi festival ğolibi Andijon davlat pedagogika instituti mezbonligida Andijon viloyati Musiqali drama teatrida bölib ötadi.
🏬 Final bosqiçida öz ijodi, ğoyasi va iste’dodi bilan saralaş bosqiçlaridan muvaffaqiyatli ötgan quyidagi 9 ta oliy ta’lim taşkilotlari jamoalari iştirok etadi:
⏺ Ma’mun universiteti
⏺ Qarşi davlat universiteti
⏺ Termiz davlat universiteti
⏺ Farğona davlat universiteti
⏺ Samarqand davlat universiteti
⏺ Buxoro davlat tibbiyot instituti
⏺ Central Asian Medical University
⏺ Şahrisabz davlat pedagogika instituti
⏺ Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi
🏆Festival ğolibi bölgan jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom, statuetka va quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇1-örin – BHMning 190 barobari;
🥈2-örin – BHMning 140 barobari;
🥉3-örin – BHMning 85 barobari;
🎭 Nominatsiyalar böyiça:
➡️“Eng faol oliy ta’lim muassasasi” – BHMning 35 barobari;
➡️“Eng yaxşi erkak roli uçun” – BHMning 25 barobari;
➡️“Eng yaxşi ayol roli uçun” – BHMning 25 barobari;
➡️“Jamoa ijodkor talabasi” – BHMning 20 barobari;
➡️“Eng yaxşi talabalar teatr studiyasi rahbari” – BHMning 15 barobarigaça pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Şuningdek, festival ğolib jamoasi a’zolari xorijiy davlatlardan biriga sayohat qiliş imkoniga ham ega böladilar.
📢Barça jamoalarga final bosqiçi bellaşuvida omad va zafarlar tilab qolamiz!