Markaz jamoasi Samarqandga sayohat qildi!

Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi jamoasi Samarqandga taşrif buyurdi.
Taşrif davomida jamoa a’zolari şaharning tarixiy obidalari böylab sayohat qilib, boy meros va milliy qadriyatlar bilan yaqindan tanişdi.

Sayohat davomida Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, Islom Karimov maqbarasi, Şohi Zinda majmuasi, Bibixonim masjidi, Registon maydoni kabi tarixiy maskanlar hamda “Boqiy şahar” turistik majmualari ziyorat qilindi.

Mazkur madaniy sayohat xodimlar uçun ma’naviy hordiq oliş bilan bir qatorda boy tarixiy meros bilan tanişiş, milliy özlikni anglaş, tarixga hurmat va vatanparvarlik tuyğularini yanada oşirişga xizmat qildi.