“Munozara” respublika turnirining respublika bosqiçi Namanganda ötkaziladi!

11.05.202689

“Munozara” respublika turnirining respublika bosqiçi Namanganda ötkaziladi!

      

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi, Yoşlar işlari agentligi hamda Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi hamkorligida oliy ta’lim taşkilotlari talaba-yoşlari örtasida taşkil etilayotgan “Munozara” turnirining 2026-yilgi mavsumi respublika bosqiçi iştirokçilari aniqlandi.

🏆Turnirning respublika bosqiçida joylarda ötkazilgan hududiy bosqiçlarda gölib bölgan quyidagi 18 ta jamoa iştirok etadi:

➡️Andijon davlat pedagogika institutining “Intellekt” jamoasi
➡️Buxoro davlat tibbiyot institutining “Genius” jamoasi
➡️Özbekiston milliy universitetining “Taraqqiyot yoşlari” jamoasi
➡️Guliston davlat universitetining “Aysberg” jamoasi
➡️Jizzax davlat pedagogika universitetining “Intellekt” jamoasi
➡️Nukus davlat pedagogika institutining “Sahro bulbullari” jamoasi
➡️Qoraqalpoğiston tibbiyot institutining “Med-Lider” jamoasi
➡️Termiz davlat universitetining “Gumata” jamoasi
➡️“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Elita” jamoasi
➡️Namangan davlat universitetining “Namdu liderlari” jamoasi
➡️Qarşi davlat universitetining “Yuksaliş” jamoasi
➡️Toşkent davlat tibbiyot universitetining “The best” jamoasi
➡️Samarqand davlat universitetining “Tafakkur” jamoasi
➡️Toşkent davlat yuridik universitetining “Yuristlar” jamoasi
➡️Urganç davlat pedagogika institutining “Pedagoglar” jamoasi
➡️Farğona davlat universitetining “Everest” jamoasi
➡️Toşkent davlat agrar universitetining “Taraqqiyot” jamoasi
➡️Navoiy davlat universitetining “Yupiter” jamoasi



➡️Respublika bosqiçi uçun tavsiya etilgan mavzular röyxati

🏆 Turnirning respublika bosqiçi ğoliblari taşkilotçilar tomonidan esdalik sovğalari, diplom va quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
↪️1-örin – 30 million söm;
↪️2-örin – 20 million söm;
↪️3-örin – 15 million söm.


⏺Şuningdek, hakamlar xulosasiga köra, 3 ta rağbatlantiruvçi nominatsiyalar ğoliblari ham aniqlanadi va Yoşlar ittifoqi tomonidan qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanadi.