Qoraqalpoğistonda yoşlar bilan işlaş böyiça yangi taşabbuslar doirasidagi tadbirlar ötkazilmoqda.

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi, Madaniyat vazirligi hamda Yoşlar işlari agentligi hamkorligida Qoraqalpoğiston Respublikasida yoşlar bilan işlaşga qaratilgan qator ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar hamda yangi taşabbuslar amalga oşirilmoqda.

🔹Mazkur taşabbus doirasida talaba-yoşlar örtasida özaro muloqotlar, köngiloçar tadbirlar, innovatsion va ijodiy uçraşuvlar, yoşlarning qiziqiş va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan loyihalar taşkil etilmoqda.
📌 Jumladan:
🔹Qoraqalpoq davlat universitetida oliy ta’lim taşkilotlari talabalari örtasida “Vatanparvar yoşlar – Yagona Özbekiston kelajagi bunyodkorlari” mavzusida uçraşuvlar taşkil etildi. “Yagona Özbekiston – umumiy uyimiz”, “Vatanparvar yoşlar – mamlakat kelajagi egalari” hamda “Birlik va hamjihatlik – Yangi Özbekiston poydevori” mavzularida tarğibot tadbirlari ötkazildi.
🔹Nukus davlat pedagogika institutida ham “Vatan taqdiriga daxldorlik hissi – mening fuqarolik burçim” mavzusida uçraşuvlar taşkil qilindi. Şuningdek, talabalarning teatr san’atiga bölgan qiziqişini oşiriş maqsadida “Talabalar teatr kunlari” taşkil etildi.
✅ Mazkur taşabbuslar yoşlar örtasida döstlik, hamjihatlik, vatanparvarlik va madaniy integratsiyani mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.