Özbek–Fransuz universitetiga qabul boşlanadi!

14.05.2026124

Özbek–Fransuz universitetiga qabul boşlanadi!


Zamonaviy bilim, xalqaro standartlar va Fransiya ta’lim tajribasini özida birlaştirgan nufuzli universitetda tahsil oliş imkoniyatini qöldan boy bermang!

Özbek–Fransuz universiteti 2026/2027-öquv yili uçun qabul jarayonini e’lon qiladi.

Universitetda öquv jarayonlari Fransiyaning yetakçi oliygohlari dasturlari asosida taşkil etiladi. Xususan, yangi öquv yilidan boşlab Fransiyaning nufuzli Poitiers universiteti bilan hamkorlikda quyidagi magistratura mutaxassisligi böyiça qabul oçiq deb e’lon qilinadi:

“Fransuz tilini çet tili va ikkinçi çet til sifatida öqitiş didaktikasi”.

➡️Dasturning asosiy afzalliklari:

Jami 25 nafar magistrant qabul qilinadi.

Öquv maşğulotlarining 75 foizi bevosita fransiyalik professor-öqituvçilar tomonidan oflayn tarzda, fransuz tilida olib boriladi.

Bitiruvçilarga Poitiers universitetining xalqaro darajada akkreditatsiyadan ötgan hamda Özbekistonda töğridan töğri tan olinadigan diplomi beriladi.

Hujjatlar qabuli:
2026-yil
15-iyun — 30-avgust.

Öqişga qabul qiliş şartlari va talab etiladigan hujjatlar BU YERDA👆

Bakalavriat bitiruvçilari uçun ham yangilik!

Universitetda Energetika sohasi mutaxassisligi uçun tayyorlov kursi ham taşkil etiladi.

+998 99 044 52 51
 ufuuz.uz
E-mailcontact.ufu@gmail.com

Ma’lumot örnida, Özbek–Fransuz universiteti Prezidentning 2025-yil 26-noyabrdagi PQ-354-son qarori bilan taşkil etilgan.