Yoşlar bilan muloqot — kelajakka işonç va yangi ğoyalar maydoni

Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetida “Rahbar va yoşlar kuni” doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov hamda universitet rektori Bahodir Mirzayev iştirokida talaba-yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazildi.
Uçraşuvda yurtimiz oliy taʼlim tizimida amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlar, taʼlim sifati va ilm-fan salohiyatini yuksaltiriş, innovatsion muhitni rivojlantiriş hamda zamonaviy va raqobatbardoş kadrlar tayyorlaş masalalari xususida atrofliça fikr almaşildi. Muloqot davomida talabalarning startap va innovatsion ğoyalarini qöllab-quvvatlaş, xorijiy tillarni puxta örganiş, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni özlaştiriş, ilmiy faollikni oşiriş, yoşlar bandligini taʼminlaş kabi dolzarb yönalişlarga alohida eʼtibor qaratildi.