“Yangi Özbekiston” yoşlarini birlaştirgan “Döstlik festivali”

19.05.2026115

“Yangi Özbekiston” yoşlarini birlaştirgan “Döstlik festivali”

      

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi, Madaniyat vazirligi hamda Yoşlar işlari agentligi hamkorligida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida taşkil etilgan “Döstlik festivali” kötarinki ruhda ötkazildi.
 

⏩ Festival doirasida millatlararo totuvlik, döstlik va hamjihatlik ğoyalari turli madaniy-ma’rifiy hamda sport tadbirlarida öz ifodasini topdi. Xalqlar döstligi kuylangan konsert dasturida institutning “Tömaris” xalq ansambli hamda iqtidorli talaba-yoşlar ijrosidagi kuy-qöşiqlar mehmonlarga bayramona kayfiyat ulaşdi. Tadbir avvalida iştirokçilar talabalarning qöl mehnati, tasviriy san’at namunalari va erişilgan yutuqlari aks etgan körgazma bilan tanişdi.

⚽️Festival doirasida mini futbol, basketbol va şaxmat böyiça musobaqalar taşkil etilib, yoşlar özlarining jismoniy va intellektual salohiyatini namoyon etdi. Qizğin va döstona ruhda ötgan bellaşuvlar yakunida ğolib hamda sovrindorlar diplom va medallar bilan taqdirlandi.

🎨Mehmon talaba-yoşlar dunyoga maşhur I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpoğiston davlat san’at muzeyiga sayohat qilib, qoraqalpoq xalqining boy tarixi, san’ati va madaniy merosi bilan yaqindan tanişdi.

📚Festivalning eng e’tiborli loyihalaridan biri – bir kunlik talabalar almaşinuvi dasturi böldi. Unda Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari musiqa ta’limi yönalişi böyiça darslarda qatnaşib, qoraqalpoq milliy çolğusi – alamöynoq dutori haqida bilim oldi hamda qoraqalpoq va özbek xalq qöşiqlarini birgalikda ijro etdi.

✨ Tantanali tadbir davomida institut rektori v.b. Quvondiq Qodirov festival yoşlar örtasida döstlik riştalarini mustahkamlaş, madaniy almaşinuvni rivojlantiriş va hududlar örtasidagi hamkorlikni kengaytirişda muhim ahamiyat kasb etişini ta’kidladi.



🏅 Festivalni taşkil etişda faol qatnaşgan oliy ta’lim taşkilotlari rahbarlari, delegatsiyalar vakillari hamda faol talaba-yoşlar taşakkurnoma, faxriy yorliq va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.

✔️“Döstlik festivali” nafaqat bayram, balki Yangi Özbekiston yoşlarini birlaştirgan samimiy muloqot, madaniy almaşinuv va döstlik maydoniga aylandi.