Markaz tomonidan ötkazilgan “Talabalar teatr studiyalari” festivali hamda “Ilhom” mukofoti ğoliblari tantanali taqdirlandi!

Andijon viloyati Yoşlar markazida bölib ötgan taqdirlaş marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan 2025/2026-öquv yili davomida ötkazilgan “Talabalar teatr studiyalari” körik-festivali hamda “Ilhom” mukofotining ğolib va sovrindorlari e’tirof etildi.
🏛 Marosimni Markaz direktori Abdumalik Akramov kiriş sözi bilan oçib berib, ötkazilgan tanlovlarning ahamiyati, talaba-yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida amalga oşirilayotgan islohotlar, teatrning yoşlar ma’naviyatini oşirişdagi roli haqidagi fikrlarini bildirib, barça ğoliblarni samimiy qutladi.

🎭“Talabalar teatr studiyalari” festivali ğoliblari bilan tanişing:
🥇1-örinlar: Termiz davlat universitetining “Janub gavhari” va Buxoro davlat tibbiyot institutining “Avitsena” jamoalari;
🥈2-örinlar: Farğona davlat universitetining “Ilhom” va Şahrisabz davlat pedagogika institutining “Muloqot” jamoalari;
🥉3-örinlar: Central Asian medical university'ning “CAMU” va Qarşi davlat universitetining “Qaqnus” jamoalari.
↪️“Eng yaxşi oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyasi ğolibi – Ma’mun universiteti;
↪️“Eng yaxşi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi ğolibi Oybek Maxsudov – Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi.
↪️“Jamoa ijodkor talabasi” nominatsiyasi ğolibi Iroda Toirova – Samarqand davlat universiteti talabasi;
↪️“Eng yaxşi ayol roli uçun” nominatsiyasi ğolibi Marjona Oçilova – Termiz davlat universiteti va Dilafruz Sotiboldiyeva – Farğona davlat universiteti talabalari;
↪️“Eng yaxşi erkak roli uçun” nominatsiyasi ğolibi Alişer Soatov – Şahrisabz davlat pedagogika instituti, Avazxonov Ismoilxon – Central Asian medical university talabalari.
👏 Festival ğoliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom, maxsus statuetka va 1-örin BHMning 190 barobari; 2-örin BHMning 140 barobari va 3-örin BHMning 85 barobari miqdorida pul yutuqlari bilan taqdirlandi.
Şuningdek taqdirlaş davomida, finalni yuqori saviyada taşkil qilgan mezbonlar, Andijon davlat pedagogika instituti rahbariyati va Hakamlar hay’ati a’zolariga ham taşakkurnomalar topşirildi.