Qoraqalpoğistonda “Orol dengiziga poyezd” yoşlar ekologik aksiyasi va “Biz Orol bilan birgamiz” eko marafoni ötkazildi.

25.05.2026129

Qoraqalpoğistonda “Orol dengiziga poyezd” yoşlar ekologik aksiyasi va “Biz Orol bilan birgamiz” eko marafoni ötkazildi.

Aksiya doirasida yoşlarni Orolböyi hududining turizm salohiyati, tarixiy-madaniy merosi hamda Orol dengizi ekologik muammolari bilan taniştirişga qaratilgan madaniy-ma’rifiy, ekologik va turistik tadbirlar taşkil etildi.

Tadbir dasturiga muvofiq, birinçi kunda iştirokçilar kuy-qöşiqlar, ezgu tilaklar va kötarinki kayfiyat bilan tantanali kutib olindilar. Şundan söng, mehmonlar uçun Nukus şahrida joylaşgan Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyiga ekskursiya uyuştirildi. Kunning ikkinçi yarmida Amudaryo tumanidagi tarixiy “Çilpiq” qal’asiga, Kegeyli tumanida joylaşgan “Iyşan” qal’a yodgorligiga sayohat taşkil etildi. Şuningdek, tadbir doirasida yoş iste’dod egalari örtasida "Yoş rassomlar" tanlovi ham ötkazildi. Tanlov davomida iştirokçilar Orolböyi tabiati, ekologik muammolar va tarixiy joylarning manzaralarini tasviriy san’at orqali aks ettirdi.

Eko-aksiyaning ikkinçi kunida iştirokçilar Çimboy tumanida bölib, mazkur tumanda Prezident qarori bilan yoşlar uçun ajratilgan yer maydonlarida köçat ekiş jarayonlarida iştirok etdilar. Şundan söng Çimboy tumanidagi “Qora uy”, ya’ni çodir quriş ustaxonasida iş jarayonlarini kuzatişdi. Iştirokçilar qoraqalpoq xalqining milliy laparlarini kuylab, haqiqiy qoraqalpoq turmuş tarzi bilan yaqindan tanişişdi.

Eko-aksiyaning uçinçi kunida Möynoq tumanida joylaşgan Orol dengizi tarixi muzeyi hamda Orol kemalari yodgorligiga ekskursiya amalga oşirildi. Sayohat davomida talabalar Orol dengizining tarixi, ekologik muammolar va ularning oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bölişdi. Şuningdek, muzeydagi tarixiy eksponatlar bilan tanişib, Orol fojiasining insoniyat va tabiat uçun qoldirgan saboqlarini yaqindan his etdilar. Orolning sobiq hududidagi “Kemalar qabristoni”ga taşrif buyurib, tabiat va inson faoliyati örtasidagi muvozanat qançalik muhim ekanligini çuqur angladilar. Şuningdek, Orol dengizi hududining tarixiy va ma’naviy maskanlardan biri bölgan Hakim ota majmuasini ziyorat qilişdi. Şu bilan birga tadbir doirasida sport musobaqalari va turli tanlovlar taşkil etildi.

“Biz Orol bilan birgamiz” eko marafoni Orolböyi hududining ekologik muammolariga e’tibor qaratiş, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş va yoşlar örtasida ekologik madaniyatni yuksaltiriş, tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylaş va bunyodkorlik salohiyatini qöllab-quvvatlaşning öziga xos namunasi bölib xizmat qildi.