Namanganda “Ma’rifat maydoni” respublika körik-tanlovining final bosqiçi boşlandi!

22.05.2026122

Namanganda “Ma’rifat maydoni” respublika körik-tanlovining final bosqiçi boşlandi!

    

♦️Bugun Namangan viloyati musiqali drama teatrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi hamkorligida taşkil etilgan tanlovning final bosqiçiga start berildi.

🏛 Tanlovning oçiliş marosimida Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi direktori Abdumalik Akramov hamda Namangan davlat universiteti birinçi prorektori Isomjon Odilov sözga çiqib, tanlovning yoşlar ma’naviyatini yuksaltirişdagi ahamiyati, adib va ma’rifatparvarlar hayoti va ijodini örganişdagi tutgan örni haqida töxtalib, barça jamoalarga omad tiladi.
 

🟪Final bosqiçi iştirokçi jamoalari:
🔹 Namangan davlat universiteti (mezbon)
🔹 Özbekiston Xalqaro Islom akademiyasi
🔹 Samarqand davlat universiteti Urgut filiali
🔹 Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
🔹 Samarqand davlat arxitektura-quriliş universiteti
🔹 Andijon davlat pedagogika instituti
🔹 Buxoro davlat universiteti



✔️Şundan söng, tanlovning 3-şarti “Adiblar hayoti va ijodidan sahnalaştirilgan kompozitsiya” böyiça jamoalarning çiqişlari boşlandi. Ilk kompozitsiya Namangan davlat universitetining “Tamaddun” jamoasi tomonidan namoyiş etildi. Ular “Behbudiy” teatrlaştirilgan kompozitsiyasi ijro etişdi.

Eslatib ötamiz, mazkur tanlov goliblari vazirlik tomonidan diplom hamda 1-örin 40 million söm, 2-örin 25 million söm, 3-örin 20 million söm, 4-örin 10 million söm va 5-örin 5 million söm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.