“Yangi Özbekiston talabalari olimpiadasi” final bosqiçi iştirokçilari poytaxtimizda tantanali kutib olinmoqda

04.06.2026107

“Yangi Özbekiston talabalari olimpiadasi” final bosqiçi iştirokçilari poytaxtimizda tantanali kutib olinmoqda

    

Ayni daqiqalarda poytaxtimizdagi Janubiy vokzalda “Yangi Özbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining saralaş bosqiçlarida yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli talabalar tantanali ravişda kutib olinmoqda.
 

Joriy mavsumda respublika böylab 170 ta oliy ta’lim muassasasidan 154 ming nafardan ortiq talaba musobaqalarning birinçi bosqiçida iştirok etdi. Hududiy bosqiçlarda esa 146 ta oliy ta’lim muassasasidan qariyb 10 ming nafar talaba öz mahoratini namoyon qildi.

Bugun ana şu sinovlardan muvaffaqiyatli ötgan eng kuçli sportçi-talabalar poytaxtimizdagi Olimpiya şaharçasida jam bölib, Respublika final bosqiçida ğoliblik uçun bahs olib boradilar.