“Yurtim qadriyatlari” tanlovi ğoliblari aniqlandi!

23.06.2026105

“Yurtim qadriyatlari” tanlovi ğoliblari aniqlandi!

Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan 22-23-iyun kunlari Özbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ötkazilgan “Yurtim qadriyatlari” respublika körik-tanlovining final bosqiçi yakunlandi. Ikki kun davomida jamoalar özaro 3 ta şart böyiça bellaşdi. Yakunda Hakamlar hay’ati qaroriga köra ğolib jamoalar aniqlandi.

Umumiy natijalarga köra, körik-tanlov ğoliblari bilan tanişing:

🥇Buxoro davlat tibbiyot instituti
🥇Urganç innovatsion universiteti
🥈Toşkent davlat yuridik universiteti
🥈Namangan davlat pedagogika instituti
🥉Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti
🥉Özbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

🏆Ğoliblar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom va mos ravişda 1-örin 50 million söm, 2-örin 30 million söm va 3-örin 20 million söm pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Taqdirlaş marosimida diplom va vauçerlarni jamoalarga Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi direktori Abdumalik Akramov topşirdi.