Xorazm viloyati talabalari bilan oçiq muloqot ötkazildi
Urganç davlat universitetida Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim taşkilotlari talabalari iştirokida oçiq muloqot taşkil etildi. Tadbir yoşlarning taşabbuslari, taklif va ğoyalarini örganiş, ularni qöllab-quvvatlaş hamda amaliyotga tatbiq etiş masalalariga bağişlandi.
Muloqot davomida oliy ta’lim tizimida yoşlarning faolligi va taşabbuskorligini rağbatlantiriş, ularning innovatsion ğoyalari va takliflarini qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida söz yuritildi. Talaba-yoşlar özlarining startap ğoyalari, IT yönalişidagi innovatsion loyihalari hamda raqamli texnologiyalar asosidagi taşabbuslarini taqdim etdilar. Ularning amaliy ahamiyati, rivojlantiriş istiqbollari, qöllab-quvvatlaş mexanizmlari va investitsiyalarni jalb etiş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşildi.


