“TalabaExpo – 2026” kasb körgazmasiga start berildi

24.06.202689

“TalabaExpo – 2026” kasb körgazmasiga start berildi

Bugun poytaxtda talaba-yoşlar va bitiruvçilar uçun yirik kasb va imkoniyatlar körgazmasi — “TalabaExpo – 2026” öz işini boşladi. Körgazmaning oçiliş marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinçi örinbosari Sardor Radjabov, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri örinbosari Ra’no Turdiboyeva, Savdo-sanoat palatasi raisi örinbosari Şaxlo Ibragimova hamda “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Xoşimov iştirok etdi.

Tadbirda sözga çiqqanlar yoşlarning bandligini ta’minlaş, ularni zamonaviy kasb-hunar va innovatsion yönalişlarga yönaltiriş bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri ekanini alohida ta’kidladilar. Şuningdek, oliy ta’lim muassasalari bitiruvçilarining mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiyasini ta’minlaşda bunday platformalarning ahamiyati yuqori ekani qayd etildi.

“TalabaExpo – 2026” yoşlarning kasbiy rivojlanişi, munosib iş topişi va mehnat bozorida öz örnini egallaşiga xizmat qiluvçi muhim platforma sifatida taşkil etilmoqda.