“Yangi Özbekiston” universiteti 5 yillik taraqqiyot yölini sarhisob qildi
Bugun “Yangi Özbekiston” universiteti taşkil etilganining 5 yilligiga bağişlangan tantanali tadbir bölib ötdi.
Tadbirda davlat taşkilotlari vakillari, universitetning akademik va sanoat hamkorlari, professor-öqituvçilar, xodimlar, talabalar va bitiruvçilar iştirok etdi.
Yubiley tadbiri davomida universitetning beş yillik faoliyati yakunlari sarhisob qilinib, ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik yönalişlarida erişilgan muhim natijalar taqdim etildi.
Şuningdek, universitet taraqqiyotiga munosib hissa qöşgan xodimlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi hamda universitetning rivojlanişida muhim örin tutgan strategik hamkor taşkilotlar e’tirof etildi.
2021-yilda taşkil etilgan “Yangi Özbekiston” universiteti qisqa vaqt içida xalqaro hamkorlik, ilmiy tadqiqotlar va zamonaviy ta’lim sohasida muhim natijalarga erişib, mamlakatning eng istiqbolli oliy ta’lim muassasalaridan biriga aylandi.



