“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxşi material” tanlovi ğoliblari aniqlandi!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi hamkorligida taşkil etilgan mazkur tanlovning dastlabki bosqiçida 1–10-may kunlari davlat oliygohlarida faoliyat yuritayotgan yoş olim, ilmiy izlanuvçi va talabalar tomonidan 200 dan ortiq ariza kelib tuşdi.
Ular orasidan Hakamlar hay’ati tomonidan saralangan 56 ta maqola körib çiqilib, ilmiy faoliyatni ommaga sodda, ravon va tuşunarli tilda yetkazgan eng yaxşi materiallar adolat va şaffoflik mezonlari asosida baholandi.
Tanlov natijalariga köra, quyidagi iştirokçilar ğolib deb topildi:
🥇 1-örin: Nasiba Narzullayeva, Özbekiston Milliy universiteti 2-bosqiç tayanç doktoranti;
🥈 2-örin: Gulasal Xayrulloyeva, Buxoro davlat universiteti 3-bosqiç tayanç doktoranti;
🥉 3-örin: Nigora Abdulazizova, Namangan davlat çet tillari instituti 1-bosqiç magistranti.
🏆Ğoliblar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan mos ravişda 1-örin BHMning 25 baravari, 2-örin BHMning 20 baravari, 3-örin BHMning 15 baravari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Ğoliblarni samimiy muborakbod etamiz va kelgusi ilmiy izlanişlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
