Faol va iqtidorli yoşlar taqdirlandi
“INNO” innovatsion öquv-işlab çiqariş texnoparkida “30-iyun — Yoşlar kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bölib ötdi.
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov, Innovatsion rivojlaniş agentligi, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari, oliy ta’lim taşkilotlari rektorlari va professor-öqituvçilari, şuningdek, bir qator vazirlik va idoralar vakillari hamda talaba-yoşlar iştirok etdi.
Tadbir davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oşirilayotgan “Akademik harakatçanlik” dasturi, “Bölajak olim”, “Kelajak muhandislari”, “Mirzo Uluğbek vorislari” hamda boşqa respublika miqyosidagi ilmiy-innovatsion tanlovlar, olimpiadalar, festivallar va musobaqalarda yuqori natijalarga erişgan, innovatsion taşabbuslari bilan ajralib turgan 21 nafar iqtidorli yoşlar “Innovatsion ğoyalar yetakçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.



