ÖzMU Jizzax filiali jamoasining Islom sivilizatsiyasi markaziga navbatdagi taşrifi
Bugungi kunda mamlakatimizda milliy merosni asrab-avaylaş, uni çuqur örganiş va yoşlar ongiga singdiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri sifatida belgilangan. Şu maqsadda Özbekiston Respublikasi Prezidentining taşabbusi bilan barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy-ma’rifiy maskan sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Taşrif davomida ÖzMU Jizzax filiali jamoasi markaz faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Mazkur taşrif yurtimizda asrlar davomida şakllangan boy ilmiy va ma’naviy merosni çuqurroq anglaş, uni zamonaviy ta’lim jarayoniga uyğunlaştiriş hamda milliy qadriyatlarni keng tarğib etiş yölida muhim qadamlardan biri böldi.
Iştirokçilar markazning boy ekspozitsiyasi bilan yaqindan tanişib, unda namoyiş etilgan noyob qölyozmalar, tarixiy manbalar hamda ilm-fan rivojiga ulkan hissa qöşgan allomalar merosi orqali islom sivilizatsiyasining beqiyos örni haqida atrofliça ma’lumotlarga ega bölişdi.
Ayniqsa, Qur’on qölyozmalari, qadimiy kitoblar va interaktiv körgazmalar orqali taqdim etilgan materiallar taşrif buyuruvçilarda katta taassurot qoldirib, ularning ilmiy dunyoqaraşini kengaytirişga xizmat qildi.
Taşrif yakunida jamoa Toşkent şahrining diqqatga sazovor maskanlariga sayohat qilib, poytaxtning zamonaviy qiyofasi va boy tarixiy muhitidan bahramand bölişdi.
Bunday ma’rifiy taşriflar talaba-yoşlarning intellektual salohiyatini oşiriş, tarixiy xotirani mustahkamlaş va milliy özlikni anglaşda muhim örin tutadi.


