Markaz rahbari Samarqand viloyatiga taşrif buyurdi.

Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi rahbari Ravşanbek Xudayberganov dissertatsiya himoyasida iştirok etiş hamda Samarqand viloyatidagi talabalar turar joylarini qişki mavsumga tayyorgarlik holati va TTJda talabalar uçun yaratilgan şaroitlarni örganiş maqsadida 12-dekabr kuni Samarqand viloyatiga taşrif buyurdi.

Taşrif davomida Özbekiston-Finlandiya pedagogika institutida SamDU ilmiy kengaşining yiğilişida Tursunov Baxtiyor Temuroviçning “Alişer Navoiyning komil inson konsepsiyasini yoşlar qalbiga singdirişda sinergetik metodologiyaning örni” mavzusidagi falsafa fanlari böyiça fan doktori (phD) dissertatsiyasi himoyasi bölib ötdi. Unda R.Xudayberganov rasmiy opponenet sifatida iştirok etdi.

Şuningdek, Samarqand viloyatidagi OTMlar, jumladan Özbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabalar turar joylaridagi talabalarga yaratilgan şart-şaroitlar, taşkil etilgan tögaraklar faoliyati bilan tanişildi. Xususan TTJda “Beş taşabbus xona”larining taşkil etilganligi va faoliyati örganildi. Bundan taşqari institutda taşkil etilgan “Rözğor maktabi”, “Yoşlarni oilaga psixologik tayyorlaş” tögaragi hamda “Qalqon” guruhi faoliyati bilan tanişildi.