Yoş ixtiroçi qizga Prezident sovğasi — Volkswagen elektromobili topşirildi!

30.06.2026136

Yoş ixtiroçi qizga Prezident sovğasi — Volkswagen elektromobili topşirildi!

30-iyun — Yoşlar kuni munosabati bilan Olimpiya şaharçasida taşkil etilgan bayram tadbiri doirasida Yoşlarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş ofisi tomonidan bir qator innovatsion loyihalar Özbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etildi.

Taqdimot davomida iqtidorli yoşlar özlarining innovatsion ğoyalari, muhandislik loyihalari va ilmiy taşabbuslari bilan iştirok etdi.

Jumladan, Ibrohimov Nömonjon “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalining natijalari hamda mamlakatimizda muhandislik sohasida amalga oşirilayotgan işlar haqida ma’lumot berdi.

Ismoilov Biloliddin 2024–2025-yillarda FPV dronlar poygasi böyiça Özbekiston Respublikasi çempioni sifatida “Şunqor-8” va “X1” antidron tizimlarini yaratiş hamda takomillaştiriş işlaridagi iştiroki haqida taqdimot qildi.

Kurmayeva Diyora oliy ta’lim muassasalarida “Fudomika va metabolomika” ta’lim yönalişi hamda maxsus laboratoriyani tajriba tariqasida taşkil etiş böyiça taklifini ilgari surdi.

Asanova Ayzada — “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalining “Yangi avlod avtomobillari” yönalişi ğolibasi bölib, Belgiyada bölib ötadigan xalqaro tanlov yöllanmasini qölga kiritgan.

✨ Tadbirning eng hayajonli lahzalaridan biri esa Asanova Ayzadaning Prezident sovğasi — Volkswagen elektromobili bilan taqdirlanişi böldi.

Bu e’tirof yurtimizda yoş ixtiroçilar, innovatorlar va kelajak muhandislariga berilayotgan yuksak işonç hamda qöllab-quvvatlovning yorqin namunasidir.