Tösiqlarni yenggan matonat: "Kelajak bunyodkori" medali sohibasi Çinora Ğulomova BuxDU talabasiga aylandi!
Prezident Şavkat Mirziyoyev Yoşlar kuni munosabati bilan Olimpiya şaharçasida taşkil etilgan maxsus körgazmada faol va izlanuvçan yoşlar bilan uçraşuv çoğida Buxoro viloyati Vobkent tumanida istiqomat qiluvçi, uyda ta’lim olayotgan bolalar uçun “Öqi va yuksal” loyihasini amalga oşirib kelayotgan Çinora Ğulomovani “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlaş töğrisida topşiriq berdi.
Mazkur e’tirofning mantiqiy davomi sifatida Buxoro şahrida Yoşlar kuni munosabati bilan ötkazilgan tantanali bayram tadbirida Çinora Ğulomovaga Buxoro davlat universitetida davlat granti asosida tahsil oliş huquqini beruvçi maxsus sertifikat tantanali ravişda topşirildi.


