HEMIS tizimida tyutorlar uçun alohida menyu va yangi hisobot tizimi joriy etildi
Tizimning navbatdagi yangi versiyasida tyutorlar faoliyati, nodavlat OTTlar uçun diplom reyestri va xorijiy talabalar anketasini rasmiylaştiriş bilan boğliq qator muhim özgarişlar amalga oşirildi.
➖ “Tyutor faoliyati” menyusi: HEMIS tizimida tyutorga tegişli barça funksionallar uçun alohida yangi menyu oçildi va barça tegişli bölimlar unga ötkazildi;
➖ Prorektorlar nazorati: Prorektorlar tomonidan tyutorlarga hisobot topşiriş talabnomasini yuboriş va ularning hisobotlarini qabul qiliş funksionali işga tuşdi (Tyutor faoliyati/tyutor hisobotlari);
➖ Tezkor hisobot topşiriş: Tyutorlar tomonidan prorektor talabnomasi asosida faoliyat hisobotlarini tizim orqali topşiriş imkoniyati yaratildi (Tyutor faoliyati/faoliyat hisobotlari);
➖ Bitiriş buyruğini şakllantiriş: Diplom ma’lumotlarini faqat qayd qiladigan nodavlat (xorijiy) OTTlar uçun Diplom reyestri orqali talaba diplomi qayd qilingandan söng Bitiriş buyruğini şakllantiriş imkoniyati taqdim etildi;
➖ Xorijiy talabalar anketasi: Talaba anketasida xorijiy talabalarning davlatini tanlaşda ortiqça viloyat, tuman va mahalla ma’lumotlari çeklab qöyildi. Endilikda uy manzili maydonida töliq manzil töğridan töğri yoziladi.