“Kitobxon yoşlar ligasi” onlayn tanlovining 2026-yilgi 2-mavsumi final bosqiçi ötkazildi!
Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi taşabbusi bilan e’lon qilingan “Kitobxon yoşlar ligasi” tanlovining final bahslari bölib ötdi. Unda respublikaning barça hududlaridan saralangan iştirokçilar qatnaşdi. Har bir viloyat uçun bitta oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va finalga yöllanmani qölga kiritgan talabalar aynan şu oliygohlarda kuzatuvçilar nazorati ostida test sinovlarini topşirdi. Markazlaşgan tartibda taşkil etilgan yakuniy bosqiçda saralaşdan muvaffaqiyatli ötgan 142 nafar talaba-yoş öz bilimini sinovdan ötkazdi.
Final bosqiçini Markaz direktori Abdumalik Akramov oçib berib, iştirokçilarga muvaffaqiyat va omad tiladi. Yakuniy sinov davomida iştirokçilarga Ölmas Umarbekovning “Odam böliş qiyin”, Tohir Malikning “Alvido, bolalik” hamda Jorj Oruellning “1984” asarlari yuzasidan jami 50 ta test savoli taqdim etildi. Har bir savolni işlaş uçun 40 soniyadan vaqt ajratildi.
Natijalarga köra, eng yuqori ball töplagan iştirokçilar tanlov ğoliblari deb topildi. Ballar teng kelgan holatlarda esa ğolibni aniqlaş maqsadida qöşimça savollar berildi.





