Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlaridan öqişni köçiriş böyiça maxsus sinovlarning ötiş ballari tasdiqlandi

13.07.2026144

Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlaridan öqişni köçiriş böyiça maxsus sinovlarning ötiş ballari tasdiqlandi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegişli buyruğiga asosan, 2026/2027-öquv yili uçun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlaridan öqişni köçiriş maqsadida ötkaziladigan maxsus sinovlar böyiça ötiş ballari belgilandi.

Bilim, taʼlim sohalari va taʼlim yönalişlari böyiça tasdiqlangan ötiş ballari quyidagiça:

▪️Huquq — 165 ball;
▪️Siyosatşunoslik — 140 ball;
▪️Xalqaro munosabatlar — 140 ball;
▪️Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar —140 ball;
▪️Soğliqni saqlaş — 132 ball;
▪️Sanʼat, Ijtimoiy fanlar, Jurnalistika, Biznes va boşqaruv — 105 ball;
▪️Transport xizmatlari — 104 ball;
▪️Taʼlim, Gumanitar fanlar, Tillar, Atrof-muhit, Matematika va statistika, AKT, Ijtimoiy taʼminot — 94 ball;
▪️Biologik fanlar, Fizika, Xizmat körsatiş — 80 ball;
▪️Muhandislik, Işlab çiqariş, Arxitektura — 75 ball;
▪️Qişloq, örmon va baliq xöjaligi, Mehnat muhofazasi — 70 ball;
▪️Veterinariya — 60 ball.

Muhim eslatma, xorijiy davlatlarning oliy taʼlim taşkilotlaridan respublika davlat oliy taʼlim taşkilotlarining mos yoki turdoş bölmagan bakalavriat taʼlim yönalişlariga öqişni köçirişga ruxsat etilmaydi.