“Hukumat soati”da oliy ta’lim bitiruvçilarining bandligini ta’minlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar muhokama qilindi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi navbatdagi “Hukumat soati”da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov oliy ta’lim taşkilotlari bitiruvçilarining bandligini ta’minlaş, ta’limni mehnat bozori ehtiyojlariga moslaştiriş va raqobatbardoş kadrlar tayyorlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan hisobot berdi.
2026/2027-öquv yili uçun davlat granti kvotasi 36 ming 23 ta, bakalavriatning kunduzgi ta’lim şakli böyiça umumiy qabul esa 234 mingdan ortiq etib belgilangan. Ustuvor yönalişlar sifatida muhandislik, IT, pedagogika va agrar sohalar tanlangan.
2025/2026-öquv yilida 323 mingdan ortiq talaba oliy ta’limni tamomlagan, 2027-yilda esa mehnat bozoriga 390 mingdan ortiq bitiruvçi kirib kelişi kutilmoqda.
Bitiruvçilarni iş bilan ta’minlaş maqsadida 378 ta mehnat yarmarkasi va 1 ming 243 ta workshop ötkazilib, ularda 7,7 mingdan ortiq iş beruvçi hamda 144 mingdan ziyod bitiruvçi iştirok etdi. Natijada 18 mingga yaqin yoş bilan dastlabki işga joylaşiş böyiça kelişuvlarga erişilgan.
Şuningdek, career.edu.uz platformasi orqali bitiruvçilarning bandligi real vaqt rejimida monitoring qilinmoqda. 2026-yil may–iyun oylarida iş bilan band bölmagan bitiruvçilar soni qariyb 19 ming nafarga kamaygani qayd etildi.
Vazir, şuningdek, barça ta’lim yönalişlari talabalari uçun sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar böyiça qöşimça kompetensiyalarni rivojlantiriş hamda xalqaro sertifikat oliş imkoniyatlarini kengaytiriş işlari davom etayotganini ma’lum qildi.
