Özbek tilida yangi söz va atamalar rasmiy muomalaga kiritildi

16.07.202687

Özbek tilida yangi söz va atamalar rasmiy muomalaga kiritildi

Özbek tilining zamonaviy rivojlanişini ta’minlaş, uning ilmiy va rasmiy uslubdagi imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida yangi söz va atamalarni rasmiy muomalaga kiritiş işlari izçil davom ettirilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan turli fan va faoliyat sohalariga oid xorijiy özlaşmalarning özbek tili qoida va me’yorlariga mos milliy muqobillari işlab çiqilib, belgilangan tartibda tavsiya etildi.

Mazkur taşabbus:
özbek tilining ilmiy va rasmiy uslubdagi imkoniyatlarini kengaytiriş;
terminologik tizimni milliylaştiriş;
atamalarning yagona me’yor asosida qöllanişini ta’minlaş;
davlat tilining nufuzi va mavqeini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.