Özbekiston – Qirğiziston III Rektorlar forumida talabalarning startaplari namoyiş etildi

Özbekiston va Qirğiziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi doirasida ikki mamlakat talabalari tomonidan işlab çiqilgan innovatsion loyihalar va startaplar körgazmasi taşkil etildi. Körgazma yoşlarning zamonaviy bilim va texnologiyalarni amaliy yeçimlarga aylantiriş, ilmiy-innovatsion ğoyalarni tijoratlaştiriş hamda tadbirkorlik taşabbuslarini rivojlantiriş borasidagi salohiyatini namoyiş etiş uçun muhim platformaga aylandi.
Körgazmada Toşkent davlat transport universiteti, Namangan davlat texnika universiteti, Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari va boşqa oliy ta’lim taşkilotlari talabalari tomonidan işlab çiqilgan innovatsion işlanmalar, texnologik yeçimlar va amaliy loyihalar taqdim etilib, ularning yaratiliş ğoyasi, texnologik imkoniyatlari hamda amaliyotga joriy etiş istiqbollari yuzasidan taqdimotlar ötkazildi.