“Kitobxon yoşlar ligasi” onlayn tanlovi 2-mavsumi ğolib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi!

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida Vazirlik hamda Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan ötkazilgan keng qamrovli “Kitobxon yoşlar ligasi” tanlovi 2-mavsumi ğolib va sovrindorlari taqdirlandi.

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida Vazirlik hamda Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan ötkazilgan keng qamrovli “Kitobxon yoşlar ligasi” tanlovi 2-mavsumi ğolib va sovrindorlari taqdirlandi.

Taqdirlaş marosimini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddi vakili Laziz Mingişov oçib berib, mazkur tanlov yoşlarni kitob mutolaasiga qiziqişini yanada oşirişini va 215 mingdan ortiq talaba-yoşlarni qamrab olganligini ta’kidlab ötdi. Şundan söng, tanlov taşkiliy işlarida faol bölgan taşkilotçilarga vazirlik taşakkurnomalari hamda tanlovning “Eng faol tarğibotçi” nominatsiyasi ğoliblariga smartfon va sertifikatlarni topşirdi.

Tanlovning final bosqiçida faol iştirok etib, 4-5-örinni egallagan tanlov sovrindorlariga vazirlik sertifikati va smartfon sovğalarini Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi bölim boşliği Mansur Boysariyev topşirdi.
Kitobxonlik tanlovi davomida eng kuçli deya e’tirof etilgan 1 nafar 1-örin, 2 nafar 2-örin va 3 nafar 3-örin egalarini “Kitobxon yoşlar ligasi” loyihasi muallifi, markaz bölim boşliği Izzatxöja Asomiddinov taqdirlab, ularga qimmatbaho sovğalar (noutbuk, smart televizor va planşet) va vazirlik diplomlarini topşirdi.
Taqdirlaş marosimi davomida Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti iqtidorli talabalari tomonidan kuy-qöşiqlar ijro etildi. Taşkil etilgan tantanali taqdirlaş marosimi tadbir iştirokçilariga xuş kayfiyat ulaşdi.

Tanlovda ğolib va sovrindor bölgan barça talaba-yoşlarni uşbu mukofotlar bilan markazimiz nomidan samimiy muborakbod etib, kitob doimo eng yaqin döstingiz bölişini tilab qolamiz.