UrDUda Yoşlar Parlamenti raisi bilan uçraşuv ötkazildi

Bugun Özbekiston Yoşlar Parlamenti raisi Otabek Sobitov Urganç davlat universitetiga taşrif buyurib, universitetning faol talaba-yoşlari bilan uçraşdi.
Uçraşuv avvalida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan yoşlar siyosatining ustuvor yönalişlari, yoşlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş, ularning taşabbus va ğoyalarini qöllab-quvvatlaş masalalari haqida söz yuritildi. Muloqotda Yoşlar Parlamentining faol a’zolari ham iştirok etib, talaba-yoşlarga siyosiy va ijtimoiy jarayonlarda faol qatnaşiş, öz taklif va taşabbuslarini ilgari suriş imkoniyatlari haqida ma’lumot berdilar.
Şuningdek, uçraşuvda ÖzLiDeP Xorazm viloyati kengaşi taşkiliy bölim mudiri Ş. Atajonov iştirok etib, yoşlarga partiya faoliyati, unga a’zo böliş tartibi hamda talaba-yoşlarning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oşiriş masalalari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.
Uçraşuv davomida Urganç davlat universitetida “Yoşlar Parlamenti modeli” xonasini taşkil etiş, universitet tajribasini respublika miqyosida namunali loyihaga aylantiriş, şuningdek, “Yoş siyosatçilar” marafoni va Respublika Yoşlar Parlamenti forumini universitetda ötkaziş yuzasidan qator takliflar ilgari surildi.
Muloqot yakunida yoşlar siyosatini yanada takomillaştirişga qaratilgan fikr va takliflar bildirildi, şuningdek, mehmon vakillarga universitet rahbariyati tomonidan taşakkurnomalar topşirildi.