Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Yangi Toşkentda Nizomiy nomidagi Özbekiston Milliy pedagogika universitetining yangi kampusini tantanali oçiş marosimida iştirok etdilar.

Davlat rahbarlari Nizomiy Ganjaviy haykali yonida daraxt ekdilar.
Prezidentlarga universitet majmuasining quriliş jarayonlari, taʼlim infratuzilmasi va kampusni rivojlantiriş rejalari haqida maʼlumot berildi.
40 gektar maydonda barpo etilayotgan kampus qurilişi ikki bosqiçda amalga oşirilmoqda. Bu yerda jami 20 ming nafar talabaga möljallangan öquv binolari hamda 5 ming örinli talabalar turar joylarini taşkil etiş közda tutilgan.
Birinçi bosqiç doirasida 12 ming örinli beş qavatli öquv binosi va zamonaviy laboratoriya majmuasi qurildi.

Davlat rahbarlari kampusda yaratilgan öquv va ilmiy muhit, axborot-resurs markazi hamda Nizomiy Ganjaviy merosiga bağişlangan muzey ekspozitsiyasi bilan tanişdilar.
Muzeyda buyuk ozarbayjon şoiri va mutafakkiri Nizomiy Ganjaviyning hayoti va ijodi, uning boy maʼnaviy merosi, şuningdek, Özbekiston va Ozarbayjon xalqlari örtasidagi köp asrlik madaniy hamda adabiy aloqalar aks ettirilgan.
Yetakçilar taʼlim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi aloqalar ikki qardoş xalqni yanada yaqinlaştiriş, yoş avlodni umumiy maʼnaviy qadriyatlar ruhida tarbiyalaşda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladilar.