Toşkentda tarix va zamonaviy san’at uyğunlaşgan yangi madaniy makon oçilmoqda

Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda Toşkent zamonaviy san’at markazi — CCA Taşkent öz eşiklarini oçadi. Bu şunçaki yangi muzey yoki körgazma zali emas, balki bir asrdan ziyod tarixga ega inşootga yangi hayot bağişlangan yirik madaniy loyihadir.
📌 Ma’lumot örnida: 1912-yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinçalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan.
Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan uşbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylaş va unga zamonaviy mazmun berişning yorqin namunasidir.
Fransiyaning maşhur Studio KO byurosi tomonidan işlab çiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyğunlaştirgan. Markazda körgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi.
Bu yerda ma’ruzalar, kinonamoyişlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari ötkaziladi.